“Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida yurtimizda iyun oyi – “Yoshlar oyligi” sifatida keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan yoshlarning bilim va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilyapti.
Bugun Samarqand davlat chet tillar institutida viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida nemis va fransuz tillari fanlaridan “Viloyat hokimi fan olimpiadasi” o‘tkazildi hamda g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyatimizning turli hududlaridan kelgan iqtidorli o‘quvchilar, fidoyi ustozlar hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Olimpiada davomida o‘quvchilarning nemis va fransuz tillari bo‘yicha nazariy bilimlari, muloqot ko‘nikmalari hamda amaliy kompetensiyalari sinovdan o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B. Xoliqov mazkur olimpiada yoshlarning xorijiy tillarni puxta o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng olimpiada g‘olib va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Samarkand State Institute of Foreign Languages
SamSIFL is one of leading model higher educational institutions that incarnate all the achievements
Samarqand davlat chet tillar institutida “Matn nazariyasi: muammolar va istiqbollar. Rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning dolzarb jihatlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
“Rus filologiyasi” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan ushbu tadbirda mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talaba hamda magistrantlari oflayn va onlayn shaklda ishtirok etishdi. Konferensiyada so‘zga chiqqanlar xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash va zamonaviy lingvistik yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbir dasturidan yetakchi ilmiy-ta’lim markazlari mutaxassislarining ma’ruzalari o‘rin oldi. Turli hudud va mamlakatlardan tashrif buyurgan olimlar o‘z ilmiy tajribalari, tadqiqot natijalari hamda metodik ishlanmalari bilan o‘rtoqlashdilar. Jumladan, SamDU va Rossiya Federatsiyasining Tambov davlat universiteti vakili I. Mashenkova, Voronej davlat universiteti dotsentlari E. Buneyeva va M. Trubchaninova, Janubiy federal universiteti mutaxassislari O. Frolova hamda K. Golubeva, shuningdek, SamDCHTI professori G. Umurovalarning ma’ruzalari yig‘ilganlar tomonidan alohida e’tirof etildi.
Asosiy bahs-munozaralar zamonaviy matnning tuzilishi va pragmatikasini nazariy jihatdan anglash hamda rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning amaliy jihatlari, xususan, raqamli texnologiyalarni joriy etish va yangi avlod talabalari uchun o‘quv materiallarini moslashtirish yo‘nalishlarida kechdi. Olimlar ilk jiddiy ilmiy ishlarini taqdim etgan talaba va magistrantlarning chiqishlariga alohida e’tibor qaratib, ularni qo‘llab-quvvatladilar.
Uchrashuv yakunida oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish, birgalikda ilmiy-metodik nashrlarni chop etish yo‘nalishlari belgilab olindi. Anjuman yakunlari bo‘yicha ilmiy maqolalar va tezislardan iborat elektron to‘plam nashr etilishi hamda nufuzli elektron ilmiy kutubxonalarga joylashtirilishi rejalashtirildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
24/06/2026
Samarqand davlat chet tillar institutida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportni professor-o‘qituvchilar hamda yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylantirish ustuvor vazifamiz hisoblanadi.
Professor-o'qituvchilar hamda ishchi xodimlar o'rtasida jamoaviy ruh va sportga bo‘lgan ishtiyoqni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sportning voleybol turi bo'yicha (ayollari o'rtasida) "Rektor kubogi" sport musobaqalariga start berildi.
Musobaqada fakultetlardan shakllangan jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashishmoqda. Har bir o‘yin yuqori darajadagi raqobat va sportga xos murosasizlik ruhida o‘tmoqda.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
🇺🇿O‘zbekiston milliy terma jamoasi 🇵🇹Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi!
Futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi samimiy muborakbod etadi va ularga yuksak faxr hamda g‘urur bilan bugungi bellashuvda omad tilaydi.
Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz!
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Samarqand davlat chet tillar institutida 2026-2027-o‘quv yili uchun talabalar qabuli davom etmoqda
📌Hurmatli abituriyentlar!
Sizda diplomlari butun dunyo bo‘yicha tan olinadigan, xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarda turgan, kun sayin ilmiy salohiyati ortib borayotgan nufuzli oliygoh talabasi bo‘lish imkoni mavjud.
Bu maskanda siz xorijiy tillarni yoki filologik ilmlarni mukammal o‘rganish bilan birga porloq kelajagingizni ham yaratasiz.
Buning uchun siz tanlagan xorijiy til ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishingiz lozim.
Xalqaro jurnalistika, Kompyuter lingvistikasi hamda O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishlari uchun esa til bilish sertifikatlari talab etilmaydi.
✅ Orzularingiz sari bugundan qadam qo‘ying.
Murojaat uchun telefonlar mana bu yerda 👉 https://t.me/samdchtijamoasi/39134
Ta'lim yo'nalishlari batafsil videoda👆
📍Manzil: Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi 43-uy.
18/06/2026
Samarqand davlat chet tillar institutida bitiruvchi yoshlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish hamda ularni munosib ish bilan ta’minlash maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida kechgan tadbirda yoshlarning bandligi masalasi hamda kelgusi rejalari atroficha muhokama qilindi.
Unda Past Darg‘om tumani hokimi J.Pardayev hamda Jomboy tumani hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyevlar, shuningdek, har ikkala tumandan kelgan yirik tashkilot, korxona va muassasalarning kadrlar bo‘limi mas’ullari ham ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yosh mutaxassislarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatiga mos ish o‘rinlari yaratish va mehnat bozoriga dadil kirib kelishlariga ko‘maklashish – bugun mahalliy hokimliklarning eng ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidlashdi.
Yuzma-yuz muloqotlar davomida bitiruvchilar bo‘lajak ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashib, tumanlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan ko‘tarilgan har bir muammo va istiqbolli takliflar hokimliklar tomonidan doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
18/06/2026
Samarqand davlat chet tillar institutida bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash, imtiyozli bank xizmatlari ko‘rsatish va ularni mustaqil biznesga yo‘naltirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda bitiruvchilarning startap loyihalari va shaxsiy g‘oyalarini moliyalashtirish masalalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berish uchun “Oʻzmilliybank” AJ Samarqand viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i Otabek Umarov, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Samarqand viloyat filiali boshqaruvchisi Otabek Po‘latov hamda AT Xalq banki Samarqand viloyat mintaqaviy markaz boshlig‘ining o‘rinbosari Zilola Gaffarovalar taklif etildi.
So‘zga chiqqan soha mutaxassislari mamlakatimizda yosh tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berishdi.
Ishtirokchilar oilaviy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalarini yo‘lga qo‘yish uchun ajratilayotgan mablag‘lar, imtiyozli kreditlarning minimal foiz stavkalari, biznesni boshlash uchun beriladigan maxsus imtiyozli davrlar hamda davlat tomonidan yoshlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taqdim etilayotgan subsidiyalar va huquqiy mexanizmlar haqida bilib olishdi.
Tadbir qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi. Bitiruvchilar ishlab chiqqan biznes rejalari, investitsiya jalb qilish hamda kredit olishning huquqiy mexanizmlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
18/06/2026
Samarqand davlat chet tillar institutida ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini amalda aks ettiruvchi yirik ilm va mehnat bayrami – “Ta’lim va kasb” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirning ochilish marosimida dastlab Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A. Kuraxmedov institut rektori B. Xoliqovning tabrigini o‘qib esh*ttirdi.
Ko‘rgazma zamonaviy kasblar, startaplar va talabalarning innovatsion g‘oyalarini jamlagan o‘ziga xos amaliy muloqot maydoniga aylandi. Talabalarning intellektual va ijodiy mahorati mahsuli bo‘lgan yangi loyihalar hamda ko‘rgazmali ishlar namoyish etildi.
Inklyuziv ta’limni rivojlantirish hamda imkoniyati cheklangan, ammo matonatli va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Sen kuchlisan” xayriya ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu aksiya jamiyatimizda har bir yosh avlod vakili e’tibor va g‘amxo‘rlikda ekanligining isboti bo‘ldi.
Tashkil etilgan taqdimotlarda ishtirokchilar mehnat bozoridagi eng so‘nggi talablar, xaridorgir yo‘nalishlar va yuqori daromadli mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Oliygoh jamoasining bosh vazifasi talabalarga jahon standartlariga mos bilim berish bilan birga, ularni raqobatbardosh kadrlar etib tayyorlash ekanligi alohida ta’kidlandi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Bugungi unutilmas tongda Samarqand davlat chet tillari institutining ahil jamoasi – rahbariyat, professor-o‘qituvchilar va talabalar bir joyga jam bo‘lib, millionlar o‘yini atrofida birlashdilar!
O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA Jahon chempionati – 2026 guruh bosqichidagi kolumbiyalik futbolchilarga qarshi debyut uchrashuvini barcha katta hayajon va cheksiz faxr bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qildi.
Yashirishning hojati yo‘q, o‘yin tugashi bilan tablodagi raqamlar kutilgandek bo‘lmadi, biroq maydondagi yigitlarimiz ko‘rsatgan shijoat qalblarni iftixorga to'ldirdi. Ayniqsa, Abbosbek Fayzullayev tomonidan kiritilgan o‘sha tarixiy, dastlabki gol lahzasida institut hovlisi chinakam quvonch va hayqiriqlar maydoniga aylandi! Ushbu gol milliy futbolimiz tarixidagi mutloq yangi sahifani ochib berdi.
Biz mag‘lubiyat damida ham, g‘alaba va umid lahzalarida ham jamoamiz bilan birgamiz.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
17/06/2026
Ayni kunlarda Samarqand davlat chet tillar institutida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalarining yakuniy davlat attestatsiyalari hamda yakuniy imtihon sinovlari bo'lib o'tmoqda.
Imtihon jarayonlarini samarali, shaffof va adolatli tashkil etish uchun biriktirilgan mas'ul xodimlar uchun institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Fozil Abdurahmonov tomonidan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Unda yakuniy imtihon va davlat attestatsiyalari sinovlari jarayonida korrupsiyaviy hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ushbu holatlar sodir etilgan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda qat’iy jazo choralari belgilangani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, xodimlar o‘z vazifalarini halol va vijdonan bajarishlari, korrupsion xatti-harakatlarga toqatsiz bo‘lishlari, qonunchilik va me'yoriy hujjatlarga qat'iy amal qilishlari lozimligi qayd etildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Click here to claim your Sponsored Listing.