24/01/2024
“German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikdagi o‘quv-seminarlar davom etmoqda
Joriy yilning 23–26-yanvar kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda “Moliyaviy va tadbirkorlik taʼlimi sohasida professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari hamda rahbarlarini oʻqitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda.
Mazkur o‘quv-seminar Germaniyalik ekspert Elena Thie xonim tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hududiy boshqarma xodimlari va professional ta’lim muassasalarining biznes asoslari fani o‘qituvchilariga “Monitoring va trenerlar vazifalari” mavzusi boʻyicha tashkil etilib, ushbu o‘quv-seminarda monitoring va uning vazifalari, monitoringni tashkil etish mexanizmlari, o‘quv jarayonlarni tashkil etishda monitoring o‘tkazish yo‘llari kabi mavzular qamrab olingan.
Shuningdek, ushbu o‘quv-seminarlar bo‘lajak trenerlar tomоnidan o‘quv jarayonlarini monitoringini yuritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar orqali tashkil etilmoqda.
24/01/2024
Pekin shahrida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumida hamkorlik memorandum imzolandi
2024-yilning 22-yanvar kuni Pekin shahrida boshlangan O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumida Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori Z.Xudayberdiyev ham ishtirok etmoqda. Forum doirasida Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Nankin maxsus ta’lim pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi izmolandi.
Unga ko‘ra, imkoniyati cheklangan shaxslarni kasb-hunarga о‘qitish, ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, pedagog kadrlarni iklyuziv ta’lim va imkoniyati cheklangan shaxslarni о‘qitish metodikalari bо‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etiladi hamda hamkorlikda onlayn va oflayn konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni yо‘lga qо‘yiladi va grant loyihalari amalga oshiriladi.
Shuningdek, professional ta’lim sohasida о‘zaro hamkorlik rivojlantiriladi, jumladan:
• imkoniyati cheklangan shaxslar (nogiron)larning professional tayyorgarligi yо‘nalishida;
• imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amaldagi ta’lim dasturlarini takomillashtirish;
• inklyuziv ta’lim bо‘yicha pedagog kadrlar malakasini oshirish va bu turdagi shaxslarni о‘qitish metodikasi bо‘yicha kurslarni tashkil etish;
• hamkorlikda maxsus adabiyotlar va dasturiy mahsulotlar yaratish;
• xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikdar ta’lim dasturlari, ilmiy dasturlar ishlab chiqish va ularni amaliyotda qо‘llash;
• amalga oshirilayotgan dasturlarning mazmun jihatidan sifatini ta’minlash va ularni baholash mexanizmlarini ishlab chiqish;
• О‘zbekistonda ta’lim dasturlarini amalga oshirish ishtirokchilari: ta’lim oluvchilar, pedagog va ilmiy xodimlarni xalqaro akademik almashinuv doirasida о‘qitish, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, qisqa muddatli stajirovkadan о‘tish uchun XXRga yuborish;
• hamkorlikda ta’lim, shu jumladan inklyuziv ta’lim sohasida hamkorlikda ilmiy izlanishlar, fundamental va ilmiy amaliy tadqiqotlar olib borish, innovatsion faoliyatni yо‘lga qо‘yish;
• ta’lim dasturlarini amalga oshirishning tarmoq shaklida ishtirok etish;
• xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish va xalqaro ta’lim, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnik loyihalar, kongresslar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlarlar, kо‘rgazmalarda ishtirok etish yoki keltirilgan tadbirlarni tashkil etish, hamkorlikda grant loyihalarini amalga oshirish.
13/10/2023
Misnsk shahrida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
О‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi joriy yilning 12-13 oktyabr kunlari Belarus Respublikasining Professional ta’lim respublika instituti ta’lim muassasasi tashkil etilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Профессиональное образование в условиях глобальных вызовов” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etmoqda.
О‘zbekiston delegasiyasi konferensiyada “О‘zbekiston Respublikasida professional ta’limni rivojlantirishning strategik yо‘nalishlari” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Belarus Respublikasining Professional ta’lim respublika instituti ta’lim muassasasi orasida ikki tomonlama uchrashuv о‘tkazilib, professional ta’lim sohasida birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan kelishib olindi.
10/07/2023
Germaniyaning Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazi bilan hamkorlik
2023-yilning 8-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mas’ul xodimlari va О‘zbekistonga tashrif buyurgan Germaniyaning Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazi direktori Yorg Xnizdo boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda О‘zbekistonning pilot professional ta’lim muassasalari sifatida taklif etilgan ta’lim muassasalarining xolatini о‘rganish natijalari, ularda hamkorlikni tashkil etishning istiqbollari va imkoniyatlari, xususan, Germaniyaning xalqaro tan olingan dual ta’lim tizimi ta’lim dasturlarini joriy etish, Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazida professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirish, malaka oshirish kurslarini tamomlagan pedagog kadrlar, pilot ta’lim muassasalari bitiruvchilari va turli kasblarga ega fuqarolarni Leypsig Savdo-sanoat palatasi talablari asosida sertifikatlash masalalari istiqbollari muhokama qilindi.
Sertifikat olganlarni ichki va xorijiy mehnat bozorlarida о‘z ish о‘rinlarini egallashlariga asos yaratuvchi Pilot loyiha va uning bajarilishi bо‘yicha Yо‘l xaritasi tahlil qilinib, unga xamkorlikning samarasini yanada oshirishga yо‘naltirilgan tegishli о‘zgartirishlar kiritildi.
10/07/2023
Toʻqimachilikdagi kasblar uchun yangi taʼlim dasturlari taqdim etildi
Oʻzbekistonda dual taʼlim va kadrlar tayyorlashga moʻljallangan kasbiy taʼlim dasturlari ilk bora namoyish qilindi.
world-news
2023-yil 4-iyul kuni Toshkent shahrida “Oʻzbekiston kasb-hunar taʼlimi tizimidagi islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida toʻqimachilik sanoatining 6 yoʻnalishi uchun kasbiy standartlar asosida ishlab chiqilgan asosiy kasbiy taʼlim dasturlarining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taʼkidlash lozim, Oʻzbekistonda dual taʼlim va kadrlar tayyorlashga moʻljallangan kasbiy taʼlim dasturlari ilk bora taqdim etilmoqda.
Gopa konsalting kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan GIZ loyihasining tarkibiy qismlari oʻtgan yilning iyul oyida boshlangan boʻlib, dastavval, birinchi komponent mutaxassislari tomonidan toʻqimachilik sanoatida mehnat bozorida talabgir boʻlgan 6 ta kasb uchun 3—4 malaka darajasi boʻyicha professional standartlar ishlab chiqildi.
Bu kasblar quyidagilar: tikuvchi, ip yigiruvchi, tikuvchilikda andozalar tayyorlovchi, elektron texnika asboblarini sozlovchi, toʻqimachilik korxonalari qurilmalari montajchisi, toʻqimachilik sohasida texnik-texnolog.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar instituti, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, toʻqimachilik korxonalarining kasbiy malaka boʻyicha tarmoq kengashlari, ish beruvchi korxonalar vakillari, ekspertlar va boshqa mahalliy muassasalar mutaxassislari ishtirok etishdi.
Ishlab chiqilgan asosiy kasbiy taʼlim dasturlari mualliflari Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti dotsentlari va Pedagogik innovatsiyalar instituti metodistlaridir.
Maʼlumot uchun, loyihaning ushbu komponentlari kasb-hunar taʼlimi va taʼlim tizimini modernizatsiya qilish orqali toʻqimachilik sanoatini Oʻzbekiston iqtisodiyotining eng dinamik tarmoqlaridan biriga aylantirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Loyiha, shuningdek, toʻqimachilik sanoatida yosh mutaxassislarni oʻqitish va shu orqali yosh mutaxassislarni ish bilan taʼminlash va ularning kelgusi yillarda barqaror daromad olishiga hissa qoʻshadi.
https://effect.uz/uz/3473
10/07/2023
Professional ta'limda Germaniya tajribasi
Professional ta’Iim tizimini rivojlantirishda xorijiy hamkorlikni kuchaytirish borasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining professional ta'limni o'quv me'yoriy va metodik muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i va Germaniyaning Leypsig kasbga o’qtish va malaka oshirish markazi “ZAW Leipzig Gmbh” o’rtasida hamkorlik ishlarini rivojlantirish maqsadida Navoiy shahar kasb-hunar maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining professional ta'limni o'quv me'yoriy va metodik muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i O'tkir Alijonov, hududiy boshqarma hamda kasb-hunar maktabi mas’ul xodimlari ishtirokida ta’lim muassasada yaratilgan imkoniyatlarni o’rganib, ta'lim muassasada olib borilayotgan ishlar, qabul jarayonlari, kasb-hunar maktabida kelgusidagi istiqbolli rejalari va loyihalari borasida kelishib olindi.
10/07/2023
GIZ “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimidagi islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
2023-yil 4-iyul kuni Toshkent shahrida loyiha doirasida to‘qimachilik sanoatining 6 ta kasbi uchun ikkinchi komponent bo‘yicha kasbiy standartlar asosida ishlab chiqilgan asosiy kasbiy ta’lim dasturlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Shuni qayd etish joizki, Oʻzbekistonda dual taʼlim va kadrlar tayyorlashga moʻljallangan kasbiy taʼlim dasturlari ilk bora taqdim etilmoqda.
10/07/2023
2023-yilning 3-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I. Abdurahmonov hamda Germaniyaning Leypsig dual taʼlim va malaka oshirish markazi direktori Hnizdo Yorg boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda professional taʼlim sohasidagi hamkorlikni tashkil etishning istiqbollari va imkoniyatlari, xususan, Germaniyaning dual taʼlim tizimini O‘zbekistonga joriy etish, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, professional taʼlim muassasalari pedagog xodimlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari malakasini oshirish, shuningdek, taʼlim muassasalari bitiruvchilari va malaka oshirish kurslarini tamomlagan pedagog xodimlarni Leypsig Savdo-sanoat palatasi talablari asosida sertifikatlash masalalari muhokama qilindi.
10/07/2023
To’qimachilik sohasi kasblari uchun asosiy kasbiy ta’lim dasturlari muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 26-27-iyun kunlari Toshkentda professional standartlar asosida ishlab chiqilgan to’qimachilik sohasining 6 kasbi uchun asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini taqdimoti bo’lib o’tdi.
Mualliflar jamoasi ip yigiruvchi, tikuvchi, andozalar tayyorlovchi, texnik-texnolog, montajchi, elektron texnika asboblarini sozlovchi kasblari uchun tayyorlangan asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini mutaxassislar bilan birgalikda muhokama qilishdi.
10/07/2023
Pedagogik innovatsiyalar institutida tinglovchilar o‘rtasida "ZAKOVAT" intellektual o‘yini tashkil etildi
Pedagogik innovatsiyalar institutida 2023-yil 23-iyun kuni professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarining iyun oyi malaka oshirish tinglovchilari o‘rtasida "ZAKOVAT" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
10/07/2023
YUNESKOning Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Qishloq xo‘jaligi va Irrigatsiya kvalifikasiylari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ikkinchi seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.
Trening qatnashchilari xalqaro va milliy ekspertlar ko‘magida qishloq va suv xo‘jaligi sohalari uchun kompetensiyaga asoslangan o‘quv materiallarini ishlab chiqishmoqda.
2023-yil 22-iyun, seminarning uchinchi kunidan fotolavhalar.