19/01/2024
Endilikda eksportni qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgarishi belgilandi.
Jahon savdo tashkiloti talablari asosida Eksport agentligi Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sifatida qayta tashkil etiladi.
Yangi tizimga muvofiq, Investitsiya vazirligi chet eldagi qaysi bozorda qanday mahsulotlar xaridorgir ekanini aniqlaydi. Ularga kirish uchun hukumatlararo kelishuvlarga erishadi.
Savdo-sanoat palatasi esa tadbirkorlarga yangi bozorlar talablariga moslashishga ko‘maklashadi.
Kompaniya beradigan subsidiya, kredit va yordamlar yangi tadbirkorlik reytingi asosida, eng avvalo, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot bilan yangi bozorlarga chiqayotgan eksportchilarga ajratiladi.
1-martdan ushbu tizimni joriy qilish topshirildi.
16/10/2023
Ertaga Saudi Arabiaga tashrifimiz munosabati bilan Jonli efirda savol-javob o’tkazamiz. Jonli muloqot vaqti
⏰ Toshkent vaqti bilan: 16-OKTYABR 21:00 da.
📍Muloqot joyi Telegram kanal:
Barcha Eksportga va umuman Xalqaro biznesga qiziquvchi barcha tadbirkorlar uchun ajoyib biznes sayohat bo’ladi. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang va barcha savollar uchun Ertaga muloqotda qatnashishingiz mumkin🤗
——————-
⚡️DIQQAT!!! Respublikamiz Eksportyorlari va tadbirkorlari uchun maxsus taklif. ✈️2023 yil 19-21 noyabr kunlari Saudi International Halal Expo & Summiti, dunyodagi eng katta halol ko'rgazmasi tez kunda🌏 Saudiya Arabistonda.
Bu global halol bozorida halolni tartibga solish, standartlashtirish va muvofiqlik, halol sanoatidagi so'nggi yangiliklar, shuningdek Janubiy Koreyalik tashkilotchi korxonalar va hamkorlarimiz, Malaysia, Singapur va dunyoning barcha davlatlaridan tashrif buyuruvchilar bilan networking🌏 kechasi.
Kimlar uchun?
- oziq-ovqat sanoati
- halol dori-darmonlar
- tibbiy asboblar
- export & import
- moliya, bank
- shaxsiy parvarish va kosmetika,
- yashil texnologiya
- musulmonlar uchun qulay va halol turizm
- sertifikatlash
- va boshqa sferalar
kabi turli sohalarda imkoniyatlardan foydalanish uchun katta imkoniyatdir.
2-HALAL EXPO koʻrgazmasida mahalliy va xalqaro tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilgan.
🔴Batafsil: +998978859666
01/08/2023
2023-yil 07-11-oktabr kunlari Germaniyaning Kyoln shahrida boʻlib oʻtadigan Ikki yilda bir marta o'tkaziladigan Anuga ko’rgazmasi oziq-ovqat va ichimliklar (va boshqa) mahsulotlarini ilgari surish uchun mos bo'lgan dunyodagi etakchi savdo ko'rgazmalaridan biri hisoblanadi.
Anuga 2019 koʻrgazmasida dunyoning 7590 ta kompaniyasi ishtirok etgani va yarmarkaga 201 ta davlatdan 170 000 ga yaqin tashrif buyuruvchilar tashrif buyurgani qayd etildi. Anuga ko'rgazmasi ishtirokchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini Evropa va boshqa bozorlarga targ'ib qilish, oziq-ovqat sanoatining etakchi qaror qabul qiluvchilari bilan uchrashish va bozorning yangi tendentsiyalari, talab qilinadigan yangi / innovatsion mahsulotlar va sohada qo'llaniladigan yangi texnologiyalarni o'rganish uchun platforma hisoblanadi.
Ushbu tadbirda Muflihun akademiyamiz o’z delegatsiyasi bilan qatnashishni reja qilmoqda. Agar Siz ham o’z milliy mahsulotingiz bilan ushbu ko’rgazmada qatnashishni istasangiz, Registratsiya hozirdan boshlandi va bu maxsus B2B katta uchrashuv Germaniya ni 3ta katta shahri va Ispaniyada bo’lishimiz kutilmoqda🌍
🔴Batafsil: +998978859666
Muflihun ning ILK katta biznes safari boshlandi!
🌍
19/06/2023
Muflihun Savdo- Sotiq akademiyasi shuningdek, .official Janubiy Koreya Savdo Uyi rahbari Ertaga bo’lib o’tadigan
"Eksportni rag'batlantirish bo'yicha konsalting kuni" da Xalqaro Ekspert sifatida qatnashadilar.
Agar Siz, ishlab chiqaruvchi yoki eksportga chiqishni reja qilayotgan bo’lsangiz, sizni biznes tadbirimizga taklif etamiz. Siz tomonidan va boshqa ko’plab ekspertlardan kerakli va manfaatli maslahatlar olish imkoniga ega bo’lasiz. Tadbirda qatnashish mutlaqo bepul.
Ma’lumot uchun:
"Eksportni rag'batlantirish bo'yicha konsalting kuni" – bu "Trade Promotion Service Providers - TPSP" tashabbusi doirasida tashkil etilgan bir kunlik biznes tadbir bo’lib, u kichik va o'rta biznes vakillariga malakali ekspertlarning bepul maslahatlari shaklida amaliy yordam ko'rsatishga qaratilgan️.
Siz bu muhim tadbirda ishtirok etish orqali, mahsulotni qadoqlash, eksport strategiyasini yaratish, hamkorlarni topish va eksportni amalga oshirish muammolarini bartaraf etish bo'yicha kerakli tavsiyalarni olasiz.
Ushbu imkoniyatni qo’ldan boy bermang.🌏
21/03/2023
Logistika harajatlariga nimalar kiradi?
1. Ichki yuk tashish narxi
(MAHALLIY transport harajatlari)
2. Dengiz yuk tashish narxi. (Agar dengiz orqali yuk tashish amalga oshiriladigan bo’lsa)
3. Sklad da saqlash narxi, shuningdek THC(terminal handling charge) port belgilaydigan narx
4. Dengiz va yong'in sug'urtasi (Sug’urta bu mahsulot beshikast yetib borishini kafolatlaydi) 📈
Ma’lumotlar foydali bo’ldimi? Unday bo’lsa eksportga 🌍 chiqmoqchi bo’lgan do’stlaringizga yuboring va ma’lumotni saqlab qo’yishni unutmang😊
Kelajak- Export va import bilan! Biz esa sizga Ushbu kelajakni taqdim etamiz🌍
19/03/2023
Eksport 🌍 uchun mahsulot tan narxini belgilash:
1. Xomashyo uchun ishlatilinadigan narx hisoblanadi.
2. Mehnat narxi, texnik harajatlar, soliqlar, (svet, gaz va boshqalar)
3. Tekshiruv chiqimlari, dizayn, qadoqlash.
4. Ishlab chiqaruvchining foydasi hisoblanadi. (Agar mahsulot boshqa bir eksportyor korxona orqali Eksport qilinsa demak, u korxonaning ham foydasi hisobga olinadi).
Ma’lumotlar foydali bo’ldimi? Unday bo’lsa eksportga 🌍 chiqmoqchi bo’lgan do’stlaringizga yuboring va ma’lumotni saqlab qo’yishni unutmang😊
12/02/2023
“Muflihun” online akademiyamizning mualliflik darslarimizga START beramiz. Darslar asosan 2ta ta’rifdadir.
Professional 2 ta ta’riflarimiz quyidagilar:
1. “Eksport Basic”
• 0 dan boshlangan dastur
• Export import haqida umumiy ma’lumotlar, aniq ish boshlash rejalari va yo’llari, sirlari
• 3 oygacha Farah Bakhtiyarovna aloqa (Faqat shu oy) Keyingi oydan 1oy bo’lishi kutilmoqda.
2. “Eksport VIP”
• Chuqurlashtrilgan bilimlar va 3oygacha Farah Bakhtiyarovna bilan savollarga javoblar. (Ishlab chiqaruvchi yoki o’z korxonasiga ega tadbirkorlar ga tavsiya etiladi.
Darslar davomida amaliy uyga vazifalar beriladi va ishlanadi. “Eksport Basic” darslarimiz o’quvchilarimiz bilan faqat shu oy 3oy davomida ish olib boraman. Keyingi guruhlarimdan boshlab Faqat bir oy. Ushbu imkoniyatni qo’ldan boy bermang.
Va Farah Bakhtiyarovnaning networkingi tajribalari va umuman kelajakdagi Xalqaro darajadagi komandaga qo’shilishga ulgurib qoling. Darslar ga yozilish uchun directdan + belgisini yuboring.
Buyuk Ipak Yo’lini biz bilan birga qayta quring ⚡️
Muflihun bu- Muvaffaqiyatlilar🌍
06/12/2022
Eksport haqida boshlang’ich o’zbek tilida tushunchalar.
Eksport Nima?
Eksport — bu, tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish ya’ni, bunda mahalliy mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqarilishi va sotilishidir.
____
Kimlar eksport qila oladi?
Barcha ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar va ma’lum mahsulotni ishlab chiqaruvchidan olib chet elga sotuvini yo’lga qo’yishni maqsad qilgan tadbirkorlar.
____
Eksportni qanday qilib noldan boshlash mumkin?
Eksportga chiqazmoqchi bo’lgan mahsulot tanlanadi (Qishloq ho’jaligi mahsulotlari, tekstil, qo’l mehnatida tayyorlangan buyumlar, xomashyolar va hokazolar). Shundan so’ng mahsulot o’rganilib u mahsulot aynan qaysi davlatlarda ko’proq iste’moli va import statistikasi o’rganiladi.🌏
____
Ma’lumotlar foydali bo’ldimi?
Unday bo’lsa eksportga chiqmoqchi bo’lgan do’stlaringizga yuboring va ma’lumotni saqlab qo’yishni unutmang🤗