SamMU Education

SamMU Education

Share

Samarkand State Medical University — medical is a higher educational institution in Uzbekistan

24/06/2026

🏛 Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro reytinglarda yuksak natijalarni qayd etdi!

🥰😇🥰Times Higher Education (THE) Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot universiteti BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) bo‘yicha dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatoridan munosib o‘rin egalladi.

📊Universitetning asosiy ko‘rsatkichlari:

✔️SDG 3 – Sog‘liq va farovonlik — 82-o‘rin
✔️ SDG 4 – Sifatli ta’lim — 101–200-o‘rin
✔️ SDG 17 – Maqsadlar uchun hamkorlik — 201–300-o‘rin
✔️ SDG 1 – Qashshoqlikka barham berish — 301–400-o‘rin
✔️ SDG 5 – Gender tengligi — 301–400-o‘rin
✔️ SDG 16 – Tinchlik, adolat va samarali institutlar — 401–600-o‘rin

🏆 Umumiy THE Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot universiteti dunyo universitetlari orasida 301–400-o‘rinlar guruhidan joy oldi.

Mazkur natijalar universitetning nafaqat xalqaro maydondagi nufuzini, balki mamlakat miqyosidagi yetakchi o‘rinlarini ham tasdiqladi.

🇺🇿 O‘zbekistonning 50 ta oliy ta’lim muassasasi orasida 6-o‘rinni egalladi;

🇺🇿 Respublikadagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari orasida esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


Ushbu yutuqlar universitetda ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, sog‘liqni saqlash, xalqaro hamkorlik va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning xalqaro e’tirofidir.

18/06/2026

🇺🇿 O‘zbekiston mundialdagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi: Kolumbiyaga qarshi munosib kurashdi

Photos from SamMU Education's post 15/06/2026

Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda chekka hududlarda yashovchi fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida joylarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar davom ettirilmoqda.

Joriy yilning 15-iyun kuni Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Lolazor MFY hududida joylashgan 17-son oilaviy poliklinikada universitetning malakali mutaxassislari tomonidan navbatdagi tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Mazkur hududda 6 287 nafar aholi istiqomat qiladi. Tibbiy ko‘rik jarayonida 182 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruvlar natijasida 15 nafar bemorga Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasiga, 32 nafarga Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasiga, 14 nafarga viloyat parazitologiya bo‘limiga hamda 4 nafarga travmatologiya shifoxonasiga yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, 32 nafar fuqaro ambulator davolanishga yo‘naltirildi.

Tibbiy ko‘rik davomida fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, sog‘lom turmush tarzi, kasalliklarning oldini olish va o‘z vaqtida tibbiy murojaat qilishning ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Aniqlangan kasalliklarga ega bemorlarga tegishli tavsiyalar berilib, zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan hududlarda aholi salomatligini muhofaza qilish va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bunday tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

06/06/2026



🎓Abituriyentlar diqqatiga!

📢 Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2026–2027 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul boshlandi!

🏛 95 yillik tarix va an’analar egasi bo‘lgan Samarqand davlat tibbiyot universiteti Sizni zamonaviy va nufuzli oliy ta’lim muassasasida tahsil olishga taklif etadi.

🏆 QS World University Rankings reytingida TOP-1000+ universitetlar qatoridan joy olgan.

🌠 Bakalavriat yo‘nalishlari:
🌀Menejment
🌀 Kosmetologiya
🌀 Biotibbiyot muhandisligi
🌀 Stomatologiya
🌀 Davolash ishi
🌀 Pediatriya ishi
🌀 Tibbiy profilaktika ishi
🌀 Oliy hamshiralik ishi
🌀 Fundamental tibbiyot
🌀 Farmatsiya
🌀 Sanoat farmatsiyasi

➡️ Davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim
➡️ Zamonaviy o‘quv va klinik bazalar
➡️ Xalqaro hamkorlik dasturlari
➡️ Malakali professor-o‘qituvchilar jamoasi
➡️ Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi

🗺 Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy

☎️ Murojaat uchun:
+998 (66) 233-54-14
+998 (66) 233-17-74
+998 (66) 233-08-41
+998 (66) 233-54-15

🏛 SamDTU Matbuot xizmati

01/06/2026

Kichik mehmonlar — katta orzular

29/05/2026

🌙 TA’ZIYA

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-son bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri, hurmatli ustozimiz, tibbiyot fanlari doktori, professor AXMEDOV YUSUFJON MAXMUDOVICHning vafot etganliklari munosabati bilan chuqur ta’ziya bildiramiz.

Marhumning oila a’zolari, yaqinlari, shogirdlari va barcha yaqinlariga sabr tilagan holda, ushbu og‘ir musibatda hamdard ekanligimizni izhor etamiz.

🤲 Alloh taolo ustozimizni o‘z rahmatiga olsin, joylarini jannatul firdavsdan qilsin. Oxiratlari obod, manzillari nurli bo‘lsin.

🕌 Janoza namozi:

🗓 Bugun, 29-may kuni

🕐 Soat 12:00 da

📍 O‘z yashash xonadonlarida o‘tkaziladi

📍 Manzil: Samarqand shahri, Yangier ko‘chasi. (Manzil geolokatsiyasi ilova qilinadi)

Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi

25/05/2026

Samarqandda 80-talabalar va yosh olimlar xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Want your school to be the top-listed School/college in Samarkand?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Address


Amir Temur Street, 18
Samarkand
140100

Opening Hours

Monday 08:30 - 16:30
Tuesday 08:30 - 16:30
Wednesday 08:30 - 16:30
Thursday 08:30 - 16:30
Friday 08:30 - 16:30
Saturday 08:30 - 16:30