SAMARQAND TURIZM VA MADANIY MEROS TEXNIKUMI

SAMARQAND TURIZM VA MADANIY MEROS TEXNIKUMI

Share

1.Turizm. 2.Servis va turizm. 3.Mehmonxona xo'jaligini t/e. 4.

Madaniy meros ob'ektlarini ta'mirlash ustasi. 5.Sartaroshlik san'ati. 6.Buxgalteriya hisobi va audit. 7.Non, non mahsulotlari, qandolat, makaron ishlab chiqarish texnologiyasi. 8.Tikuvchilik.

Photos from SAMARQAND TURIZM VA MADANIY MEROS TEXNIKUMI's post 19/06/2026





Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida “Turizm” yo‘nalishi bitiruvchi bosqich talabalari tomonidan diplomoldi amaliyoti hisobotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalar turizm tashkilotlari, mehmonxonalar hamda boshqa sohaviy muassasalarda o‘tagan amaliyotlari natijalari haqida ma’lumot berib, bajarilgan vazifalar, egallangan kasbiy ko‘nikmalar va orttirilgan tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Bo‘lajak turizm mutaxassislari amaliyot jarayonida olgan bilim va malakalarini namoyish etib, amalga oshirgan ishlari yuzasidan batafsil hisobotlar taqdim etdilar. Taqdimotlarda nazariy bilimlarning amaliyotda qo‘llanilishi, sohaga oid muammolar va ularning yechimlari yuzasidan ham fikrlar bildirildi.

Komissiya a’zolari talabalar tomonidan tayyorlangan hisobotlarning sifati, ularning mas’uliyatli yondashuvi hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini yuqori baholadilar.

Diplomoldi amaliyoti bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, nazariy bilimlarini mustahkamlash va mehnat faoliyatiga puxta tayyorlanishida muhim bosqich hisoblanadi.

➖➖➖
В Самаркандском техникуме туризма и культурного наследия состоялась защита отчетов по преддипломной практике студентов выпускных курсов направления «Туризм».

В ходе мероприятия студенты представили результаты прохождения практики в туристических организациях, гостиницах и других профильных учреждениях, рассказали о выполненных задачах, приобретенных профессиональных навыках и полученном практическом опыте.

Будущие специалисты в сфере туризма продемонстрировали полученные знания и компетенции, поделились своими достижениями, а также представили подробные отчеты о проделанной работе. Особое внимание было уделено применению теоретических знаний в реальных условиях профессиональной деятельности.

Члены комиссии отметили высокий уровень подготовки студентов, качество представленных отчетов и ответственное отношение к прохождению преддипломной практики.

Преддипломная практика является важным этапом подготовки специалистов туристической отрасли, позволяющим закрепить профессиональные навыки и приобрести ценный опыт для дальнейшей успешной карьеры.

17/06/2026




🇺🇿⚽ "Olg‘a, O‘zbekiston!" nomli futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida chellenj oʻtkazildi.

Jahon chempionatida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Olg‘a, O‘zbekiston!” chellenjida Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi o'qituvchilari ham faol ishtirok etmoqda.

Yoshlarimiz ushbu tashabbus orqali milliy terma jamoamizga o‘z daldasini bildirib, futbolchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilamoqdalar.

Olg‘a, O‘zbekiston!
G‘alabalar yor bo‘lsin! 🇺🇿 ⚽🏆

➖➖➖

🇺🇿⚽ Прошел челлендж "Вперед, Узбекистан!" в поддержку национальной сборной Узбекистана по футболу.

Преподаватели Самаркандского техникума туризма и культурного наследия также активно участвовали в акции «Вперед, Узбекистан!», проводимой в поддержку национальной футбольной команды Узбекистана на чемпионате мира.

В рамках этой инициативы наша молодежь выражает свою поддержку национальной команде и желает нашим игрокам удачи, сил и блестящих побед.

Вперед, Узбекистан!
Пусть победа будет нашей! 🇺🇿 ⚽🏆

Photos from SAMARQAND TURIZM VA MADANIY MEROS TEXNIKUMI's post 15/06/2026



“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.

Yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturi doirasida “Intensiv kasbiy oromgoh” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Dasturga muvofiq ishtirokchilar uchun ingliz va koreys tillarini o‘rganish bo‘yicha, shuningdek, tikuvchilik yo‘nalishida qisqa muddatli kurslar tashkil etilgan.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham egallab, o‘z qiziqishlari hamda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos kasblarni o‘rganmoqdalar. Loyiha yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasbga yo‘naltirish va kelgusidagi bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda kelgusidagi mehnat faoliyati uchun mustahkam zamin yaratishdan iborat. Bunday tashabbuslar yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga va mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib shakllanishiga xizmat qilmoqda.

➖➖➖
В рамках программы «Актуальные 90 дней» для молодежи организованы краткосрочные учебные курсы.

В целях содержательной и эффективной организации летних каникул молодежи в Самаркандском техникуме туризма и культурного наследия организован «Интенсивный профессиональный лагерь» в рамках программы практических мероприятий «Актуальные 90 дней».

Согласно программе проводятся краткосрочные курсы по обучению иностранных языков таких как, английский и корейский. А также курсы профессионального шитья.

В ходе занятий учащиеся получают не только теоретические знания, но и практические навыки, осваивая востребованные направления в соответствии со своими интересами и потребностями рынка труда. Проект направлен на содержательную организацию досуга молодежи, профессиональную ориентацию и создание условий для их дальнейшей занятости и успешного будущего.

Основная цель проекта заключается в содержательной организации свободного времени молодежи, их профессиональной ориентации, обеспечении современными знаниями и навыками, а также поддержке будущей занятости.

04/06/2026



5-iyundan oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi

Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.

1️⃣ 1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:

Faqat test sinovida ishtirok etsa:

✅ fanlar majmuasi;
✅ taʼlim tili;
✅ test topshirish hududi.

Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy/ijodiy imtihonlarda ishtirok etsa:

➖ taʼlim tili;
➖ test topshirish hududi;
➖ alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;
➖ kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliygoh.

Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.

2️⃣ 2-bosqichda abituriyentlar kirish imtihonlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:

➖ oliy taʼlim muassasasi;
➖ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
➖ taʼlim shakli;
➖ tanlov ustuvorligi.

Abituriyent test sinovida toʻplagan ballarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar oliygohlarga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:

➖ texnikum;
➖ kasb va mutaxassislik;
➖ taʼlim shakli.

Natija bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barcha oliy ta’lim tashkilotlarida “Qabul-2026” shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, fuqarolarimiz vazirlikning 1006, Agentlikning 1195 ishonch telefoni yoki ’ga murojaat qilgan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Photos from SAMARQAND TURIZM VA MADANIY MEROS TEXNIKUMI's post 04/06/2026



🇺🇿🤝🇨🇵 Bugun, 4-iyun kuni Samarqand turizm va madaniy meros texnikumiga Fransiyaning mehmonxona va turizm litseylari assotsiatsiyasi prezidenti Christophe Joublin hamda maslahat kengashi a’zosi Philippe Celleros tashrif buyurdilar.

Tashrif maqsadi Fransiya ta’lim muassasalari hamda Samarqand shahridagi ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy, madaniy va ta’lim sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash.

📑Tashrif doirasida mehmonlar Fransiya ta’lim tizimi, uning tuzilishi, ta’lim bosqichlari, kasbiy va oliy ta’limning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, turizm va mehmondo‘stlik sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan taqdimot bilan ishtirok etdilar.

O‘z navbatida, texnikum rahbariyati va xodimlari Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi faoliyatini taqdim etib, mehmonlarni ta’lim yo‘nalishlari, erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar hamda istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan tanishtirdilar. Ayniqsa, turizm sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va madaniy merosni asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👀Taqdimotlardan so‘ng mehmonlar texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘quv auditoriyalari, maxsus fan xonalari, laboratoriyalar va ta’lim infratuzilmasining boshqa obyektlarini ko‘zdan kechirdilar. Fransiyalik vakillarga zamonaviy ta’lim standartlari va mehnat bozori talablariga mos ravishda mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilayotgan texnikumning zamonaviy moddiy-texnik bazasi namoyish etildi.

➖➖➖
🇺🇿🤝🇨🇵 Сегодня, 4 июня Самаркандский техникум туризма и культурного наследия посетили гости - президент Ассоциации гостиничных и туристических лицеев Франции (AFLYHT) Кристоф Дублин и член консультативного совета ассоциации Филипп Селерос.

Целью визита стало налаживание и укрепление сотрудничества между образовательными учреждениями Франции и города Самарканда в научной, культурной и образовательной сферах.

📑В рамках визита гости выступили с презентацией, посвящённой системе образования Франции, её структуре, уровням образования, особенностям профессионального и высшего образования, а также современным подходам к подготовке квалифицированных специалистов для сферы туризма и гостеприимства.

В свою очередь руководство и сотрудники Самаркандского техникума туризма и культурного наследия представили деятельность учебного заведения, ознакомив гостей с направлениями подготовки, достигнутыми успехами, реализуемыми международными проектами и перспективными планами развития. Особое внимание было уделено вопросам подготовки конкурентоспособных кадров для туристической отрасли и сохранения культурного наследия.

👀После презентаций гости подробно ознакомились с деятельностью техникума, посетили учебные аудитории, специализированные кабинеты, лаборатории и другие объекты образовательной инфраструктуры. Французским представителям была продемонстрирована современная материально-техническая база техникума, обеспечивающая подготовку специалистов в соответствии с современными образовательными стандартами и требованиями рынка труда.

Photos from SAMARQAND TURIZM VA MADANIY MEROS TEXNIKUMI's post 03/06/2026



Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida Qozog'iston Respublikasidan tashrif buyurgan hamkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Asosiy mehmon hamkor ta'lim muassasasi, Kazpotrebsoyuz Qarag'anda universitetining Iqtisodiyot, biznes va huquq kolleji direktori i.f.n., dotsent Saltanat Kayrullaevna Kudaybergenova edi.

Uchrashuv davomida tomonlar kasbiy ta'lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o'qituvchilar va talabalar o'rtasida tajriba almashish va qo'shma ta'lim loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilishdi. Mehmonlarga texnikum faoliyati, uning imkoniyatlari va talabalarining yutuqlari taqdim etildi.

Shuningdek, Qarag‘anda oliy muhandislik kolleji direktori Asel Saginbaevna Saparova ham texnikumga rasmiy tashrif bilan keldi va u bilan ham o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bunday uchrashuvlar xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga, akademik aloqalarni rivojlantirishga va malakali mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishga hissa qo'shadi.

Uchrashuv yakunida ikkala tomon vakillari o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga sodiq ekanliklarini bildirishdi va do'stlik, hurmat va ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash belgisi sifatida esdalik sovg'alari bilan almashishdi.

➖➖➖
В Самаркандском техникуме туризма и культурного наследия прошла встреча с партнёрами из Республики Казахстан.

Главным гостем являлась директор партнерского учебного заведения, колледжа экономики, бизнеса и права ЧУ Карагандинского университета Казпотребсоюза к.э.н., доцент Кудайбергенова Салтанат Кайруллаевна.

В ходе встречи стороны обсудили перспективы дальнейшего сотрудничества в сфере профессионального образования, обмена опытом между преподавателями и студентами, а также реализацию совместных образовательных проектов. Гостям была представлена деятельность техникума, его материально-техническая база и достижения обучающихся.

Также с официальным визитом техникум посетила директор КГКП Карагандинского высшего колледжа инжиниринга, Сапарова Асель Сагинбаевна, с которой был подписан меморандум о взаимном сотрудничестве.

Подобные встречи способствуют укреплению международного партнерства, развитию академических связей и повышению качества подготовки квалифицированных специалистов.

В завершение встречи представители обеих сторон выразили готовность к дальнейшему развитию взаимовыгодного сотрудничества и обменялись памятными подарками в знак дружбы, уважения и укрепления партнерских отношений между образовательными учреждениями.

27/05/2026




🌙✨ Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

🕊 Sizni bayram bilan chin dildan tabriklab, oilangiz va qalbingizga yaqin insonlar davrasida yorqin va quvonchli kunlar, tinchlik, farovonlik, mustahkam salomatlik va ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz! Yoningizda hamisha yaqinlaringiz bo‘lsin, xonadoningizda esa mehr-oqibat, hamjihatlik va shodlik hukm sursin.

✍️ Hurmat va samimiyat ila,
Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi jamoasi 🧡

➖➖➖
🌙✨ С праздником Курбан хайит!

🕊 От всей души поздравляем вас с праздником и желаем светлых, радостных дней в кругу семьи и дорогих сердцу людей! Мира вам, благополучия, крепкого здоровья и успехов в делах. Пусть рядом всегда будут близкие люди, а в доме царят тепло и согласие.

✍️ С искренним уважением,
коллектив Самаркандского техникума туризма и культурного наследия 🧡

Photos from SAMARQAND TURIZM VA MADANIY MEROS TEXNIKUMI's post 22/05/2026



2026-yil 18-21-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Orzudan imkoniyatga: Garvard Samarqandda!” shiori ostida o‘tkazilgan Garvard yetakchi yoshlar sammitida AQSHning Garvard universitetidan tashrif buyurgan professor va talabalar, universitet yoshlari hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilariga o‘zining yuksak pazandachilik mahorati bilan xalqaro standartlar darajasida ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatishda faol ishtiroki uchun universitet rektori M.Xolmuxamedov tomonidan Samarqand turizm va madaniy meros texnikumining Oshpazlik yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olayotgan bir qator o‘quvchilariga, jumladan:

1. Asadbek Ashurkulovga
2. Islomjon Muyinjonovga
3. Nazokat Sayfiddinovaga
4. Seyxan Kazakovga
5. Shaxlo Rustamovaga
6. Mushtariy Xasanovaga

TASHAKKURNOMALAR topshirildi.
Shuningdek ushbu yoʻnalishning ishlab chiqarish taʼlimi ustasi Noila Murodovaga ham tashakkurnoma berildi.

➖➖➖
С 18 по 21 мая 2026 года в Международном университете туризма и культурного наследия «Шёлковый путь» прошёл Гарвардский саммит молодых лидеров под девизом «От мечты к возможностям: Гарвард в Самарканде!».

В рамках мероприятия студенты

1. Асадбек Ашуркулов
2. Исломжон Муинжонов
3. Назокат Сайфиддинова
4. Сейхан Казаков
5. Шахло Рустамова
6. Муштарий Хасанова

по направлению «Поварское дело» Самаркандского техникума туризма и культурного наследия продемонстрировали высокий уровень профессионального мастерства и приняли активное участие в организации питания по международным стандартам для профессоров и студентов Гарвардского университета США, молодёжи университета, а также учащихся специализированных школ.

За свой труд и вклад им были вручены БЛАГОДАРСТВЕННЫЕ ПИСЬМАот ректора университета М.Холмухамедова.

Также была выражена благодарность мастеру производственного обучения данного направления Ноиле Муродовой.

Photos from SAMARQAND TURIZM VA MADANIY MEROS TEXNIKUMI's post 21/05/2026



👥 Samarqand turizm va madaniy meros texnikumining tajribali, malakali o‘qituvchilari ayni vaqtda Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida bo‘lib, “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha namunaviy o‘quv rejasini ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqdalar.

Mazkur jarayonda Turizm kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi N. Isaeva, ushbu kafedraning katta o‘qituvchisi Sh. Ergashev hamda koreys tili o‘qituvchisi D. Sayfullayev faol qatnashmoqda.

Mazkur o‘quv reja Janubiy Koreya universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ta’lim yo‘nalishi uchun ishlab chiqilmoqda. Ushbu hamkorlik zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Texnikum o‘qituvchilarining ushbu jarayondagi ishtiroki xalqaro tajribalarni o‘rganish, ilg‘or ta’lim metodlarini joriy etish hamda professional ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

➖➖➖
👥 Опытные и квалифицированные преподаватели Самаркандского техникума туризма и культурного наследия в настоящее время, находясь в Институте развития профессионального образования, принимают активное участие в разработке образцового учебного плана по направлению «Искусственный интеллект».

В данном процессе участвуют заведующая кафедрой туризма, старший преподаватель Н. Исаева, старший преподаватель данной кафедры Ш. Эргашев, а также преподаватель корейского языка Д. Сайфуллаев.

Разработка учебного плана осуществляется в рамках сотрудничества с южнокорейским университетом и направлена на подготовку современных высококвалифицированных специалистов в сфере цифровых технологий и искусственного интеллекта.

Участие преподавателей техникума в данной работе способствует внедрению международного опыта, современных образовательных технологий и инновационных подходов в систему профессионального образования.

Photos from SAMARQAND TURIZM VA MADANIY MEROS TEXNIKUMI's post 14/05/2026



⚽️“Chorshanba sport kuni”⚽️🏸🏀🏓

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2026-yil 7-aprel kuni "Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda aholini ommaviy sportga keng jalb etish" masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida joriy yilning 13-may kuni besh tashabbus olimpiadasi doirasida texnikumning o‘qituvchilari o‘rtasida "Voleybol" va "Stol tennisi" bo'yicha spartakiada o‘tkazildi.
➖➖➖
⚽️«Среда — день спорта»⚽️🏸🏀🏓

В целях обеспечения исполнения поручений, данных на видеоселекторном совещании под председательством Президента Республики Узбекистан 7 апреля 2026 года, посвящённом вопросам развития физической культуры и спорта, а также широкого привлечения населения к массовому спорту, 13 мая текущего года в рамках Олимпиады пяти инициатив в Самаркандском техникуме туризма и культурного наследия среди преподавателей техникума была проведена спартакиада по видам спорта «Волейбол» и «Настольный теннис».

Want your school to be the top-listed School/college in Samarkand?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Address


Sartepo Maskani, Turkiston Ko'chasi, 12 Uy
Samarkand
140100

Opening Hours

Monday 08:00 - 16:00
Tuesday 08:00 - 16:00
Wednesday 08:00 - 16:00
Thursday 08:00 - 16:00
Friday 08:00 - 16:00
Saturday 08:00 - 15:00