Alfraganus universitetiga AQShning nufuzli Logan universiteti delegatsiyasi rasmiy tashrif buyurdi.
__________________________
Rasmiy qabul platformasi
— qabul.afu.uz
Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)
Call markaz
Alfraganus university
Oliy ta'lim muassasasi
09/06/2026
TALABALAR AKADEMIYASI QOSHIDAGI ENG FAOL KLUBLAR
2026-yil may oyi davomida oflayn, onlayn tadbirlar o’tkazish bo’yicha eng faol klublar va ularning rahbarlari:
Oflayn tadbirlar holatiga ko'ra:
— 1-o'rin "AFU medikor" klubi — Akbarali Abduvohobov;
— 2-o'rin "AFU tibbiyot talabalari" klubi — Suhrobali To'liyev;
— 3-o'rin "AFU sharq kashfiyotlari" klubi — Muxlisaxon Rustamova;
Onlayn tadbirlar holatiga ko'ra:
— 1-o'rin "AFU book zone" klubi — Dildora Nurmuhammadova;
— 2-o'rin "Honour student's" klubi — Feruza Saydikasimova;
— 3-o'rin "AFU lider ayol-qizlar" klubi — Ra'noxon Toyirova;
Faollik ko'rsatgan klub rahbarlari:
1. "AFU stom" klubi — Nasiba Kamalova;
2. "AFU pharm infinity" klubi — Umida Kocherova;
3. "Ustozimga ehtirom" klubi — Munira Abdusattarova;
4. "Yosh tarjimonlar" klubi — Sarvara Erkinova;
5. "AFU logopedlar" klubi — Ra'noxon Botirova;
6. "AFU dublyaj" klubi — Azizbek To'xtamishev;
7. "AFU bookvibe" klubi — Shabbona Oʻtkirova;
8. "AFU Qobilyat" klubi — Shirin Maxmatqulova;
9. "AFU She'riyat va maqolalar" klubi — Salohiddin Sayfiyev;
10. "AFU rasmiy zakovat" klubi — Maftunabonu Qodirova;
11. "AFU femina salus" — Madinabonu Xakimova;
12. "AFU med innovatsiya " klubi — Odinabonu Maxmudjonova;
13. "AFU To’maris izdoshlari" klubi — Sevara Xayriddinova;
14. "AKSmed" klubi — Sarvar O‘roqov;
15. "AFU jurnalistlar" klubi — Diyora Avazova;
16. "AFU kuchli qizlar" klubi — Sevinch Iskandarova.
━━━━━━━━━━━━━━
Rasmiy qabul platformasi
— qabul.afu.uz
Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)
Call markaz
QANDAY ABITURIYENTLARNI O'QISHGA QABUL QILISH KERAK?
Jasurbek Kurbonov — Iqtisodiyot fakulteti dekani, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent.
Batafsil videoda
━━━━━━━━━━━━━━
Rasmiy qabul platformasi
— qabul.afu.uz
📃 Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)
Call markaz
AQSH | HAMKORLIK
🇺🇸 Alfraganus universitetida AQShning nufuzli delegatsiyasi: hamkorlikning yangi bosqichi boshlanmoqda!
Alfraganus universitetiga AQShning nufuzli Logan universiteti delegatsiyasi rasmiy tashrif buyurdi. Universitetimizning xalqaro aloqalarini kengaytirish va ta’lim sifatini jahon standartlariga integratsiya qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu tashrif doirasida juda muhim muzokaralar boshlandi.
Delegatsiya tarkibidan AQSHning Logan universiteti prezidenti Dr. H. Garrett Thompson boshchiligidagi universitet rahbariyati vakillari Dr. Gena Kadar, Dr. John Massena, Mr. Olena Schafbuch hamda Mr. Anna M o‘rin olgan.
Tashrif davomida amerikalik hamkorlar Alfraganus universitetida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlarni yaqindan ko‘zdan kechirdilar. Xususan, delegatsiya a’zolarida quyidagi yo‘nalishlar katta taassurot qoldirdi:
Universitet qoshidagi zamonaviy klinika faoliyati: Mehmonlar klinikaning tibbiy jihozlanishi va talabalarning amaliyot o‘tash tizimiga yuqori baho berishdi.
Universitetga hujjat topshirish va abituriyentlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda ochiqlik prinsiplari xorijlik ekspertlar e’tiborini tortdi. Universitetning kengayib borayotgan infratuzilmasi, kelajakda ishga tushirilishi rejalashtirilgan innovatsion laboratoriyalar Amerikaning ilg‘or oliygohlari andozalariga mos kelishi ta’kidlandi.
Tashrifning eng muhim qismi sifatida, Amerika delegatsiyasi hamda Alfraganus universiteti rahbariyati o‘rtasida kichik doirada maxsus uchrashuv tashkil etildi. Muloqot davomida ikki oliygoh o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini (Double degree) yo‘lga qo‘yish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini jadallashtirish hamda hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish kabi strategik masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: AQShlik hamkorlarimizning Alfraganus universitetidagi ishchi tashrifi joriy yilning 9 - iyun kunidan 18-iyun kuniga qadar davom etadi. Tashrif doirasida 12-iyun kuni Alfraganus universiteti hamda AQSHning Logan universiteti o’rtasida memorandum imzolanishi belgilangan. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi elchisi va bir qator nufuzli mehmonlarning ishtirok etishi kutilmoqda.
MUVAFFAQIYAT TASODIF EMAS, TO‘G‘RI TANLOV NATIJASI
Alfraganus universiteti 2026-2027 o'quv yili uchun quyidagi havola orqali onlayn ro'yxatdan o'tishingiz mumkin:
— qabul.afu.uz
— Bakalavriat yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)
Call markaz
08/06/2026
BIZNING YO‘NALISHLARIMIZ!
Rasmiy qabul platformasi
— qabul.afu.uz
— Bakalavriat yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
Call markaz
08/06/2026
ABITURIYENTLAR SO‘RAYDI
Kelajagingiz bilan bog‘liq muhim savollarga javob beramiz!
❓ Savol? Alfraganus universitetida talabalar uchun qanday imtiyozlar mavjud?
✅ Javoblar:
— Ichki grant asosida bepul yoki imtiyozli ta’lim olish imkoniyati;
— Iqtidorli va ijodkor talabalar uchun “Al-Farg‘oniy” stipendiyasi;
— Rektor stipendiyasi;
— Yuqori natijalarga erishgan talabalarning keyingi o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovidan ozod etilish imkoniyati;
— Kam ta’minlangan hamda faol talabalar uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlari;
— Talabalarning yutuqlari va faolligiga qarab qo‘shimcha grantlar hamda mukofotlar tizimi;
— Xorijiy almashinuv va xalqaro hamkorlik dasturlari orqali chet elda ta’lim olish imkoniyati.
Sizda ham savol bormi? Kommentariyada qoldiring!
__________________________
Rasmiy qabul platformasi
— qabul.afu.uz
— Bakalavriat yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
📃 Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)
Call markaz
KADASTR YO‘NALISHIDA KASBIY IMKONIYATLAR
Alfraganus universiteti Turizm fakultetining Kadastr yo‘nalishida tahsil olib, siz quyidagi kasb egalari sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘lasiz:
— Kadastr muhandisi
— Yer resurslarini boshqarish mutaxassisi
— Geodeziya va kartografiya mutaxassisi
— Ko‘chmas mulk baholovchisi
— GIS (geoinformatsion tizimlar) mutaxassisi
— Qurilish va yer tuzish loyihalari mutaxassisi
— Davlat kadastr va yer resurslari tashkilotlari xodimi
Mazkur yo‘nalish sizga yer va mulk munosabatlarini tartibga solish, hududlarni rejalashtirish, zamonaviy geoinformatsion texnologiyalar bilan ishlash hamda sohada yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish imkonini beradi.
__________________________
Rasmiy qabul platformasi
— qabul.afu.uz
— Bakalavriat yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
📃 Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)
Call markaz
FILOLOGIYA FAKULTETIGA QABUL DAVOM ETMOQDA
Batafsil videoda
__________________________
Rasmiy qabul platformasi
— qabul.afu.uz
📃 Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)
Call markaz
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Contact the school
Telephone
Address
Toshkent Shahar, Yunusobod Tumani, Tiklanish MFY, Yuqori Qoraqamish Ko'chasi, 2a-uy
Tashkent
Opening Hours
| Monday | 09:00 - 18:00 |
| Tuesday | 09:00 - 18:00 |
| Wednesday | 09:00 - 18:00 |
| Thursday | 09:00 - 18:00 |
| Friday | 09:00 - 18:00 |
| Saturday | 09:00 - 18:00 |