27/05/2026
🕌 Qurbon Hayit muborak bo‘lsin! 🎊
Universitetimiz nomidan sizga baraka, tinchlik va yangi yutuqlar tilaymiz. Talabalik davringiz ilm va katta imkoniyatlarga boy bo‘lsin.
_____
🕌 Eid al-Adha Mubarak! 🎊
On behalf of our university, we wish you peace, blessings, and new achievements. May your student life be full of knowledge and great opportunities.
20/05/2026
🤝 iDU Yaponiyaning FESCA tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
IDU, Foreign Employment Support Center Association (FESCA) bilan IT mutaxassislarni tayyorlab, keyinchalik Yaponiyada ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvni yo’lga tushurdi.
FESCA (Foreign Employment Support Center Association) bu Yaponiyada joylashgan tashkilot bo‘lib, u xorijiy mutaxassislarni ishga joylashtirish, kompaniyalar uchun kadr topish va amaliyot hamda tayyorlov dasturlarini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.
Dastur IT yo‘nalishida o‘qishni, yapon tilini JLPT N2 darajasigacha o‘rganishni, 3-kursda Yaponiyada amaliyot o’tash va o‘qish tugagach Yaponiyaning kompaniyalarida ishga joylashish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.
Har yili 100 tagacha talaba saralab olinadi va ular Yaponiya IT bozorida ishlashga bosqichma-bosqich tayyorlanadi. FESCA tomoni esa kompaniyalar bilan ishlash, amaliyot tashkil etish va ishga joylashish jarayonini to‘liq yo‘lga qo‘yib universitet ichida shu jarayonlarni to’liq olib boradi.
Talabalar uchun imkoniyatlar:
— IT bilan birga yapon tilini o‘rganish
— O‘qish paytida Yaponiyada amaliyot o’tash
— Yaponiyaning ish beruvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa
— Yaponiya mehnat bozoriga tayyorlanish
— O‘qishni tugatgandan keyin ishga joylashish imkoniyati
18/05/2026
TalabaExpo–2026 is almost here!
Hey IDU students! 👋 The Career Fair «TalabaExpo-2026» is taking place on May 20, 2026 right here at International Digital University.
This is your chance to:
💼 Meet top companies and find your dream job or internship
🤝 Build real connections with industry professionals
🚀 Present your startup or business project
🎯 Discover where your skills can take you
📍 Location: International Digital University 3rd Floor, 306 and 307 rooms.
🕑 Time: 2:00 PM – 4:00 PM
Don’t miss out — spots are limited!
—————-
TalabaExpo–2026 yaqinlashmoqda!
Salom, IDU talabalari! 👋«TalabaExpo–2026» Karera ko’rgazmasi 2026-yil 20-may kuni International Digital University’da bo’lib o’tadi.
Bu sizning imkoniyatingiz:
💼 Yetakchi kompaniyalar bilan tanishing va orzuingizdagi ish yoki amaliyotni toping
🤝 Soha mutaxassislari bilan haqiqiy aloqalar o’rnating
🚀 Startap yoki biznes loyihangizni taqdim eting
🎯 Bilimlaringiz qayerda qo’l kelishini bilib oling
📍 Manzil: International Digital University, 3 qavat 306 va 307 xonalar
🕑 Vaqt: 14:00 – 16:00
Kechiktirmang — o’rinlar cheklangan!
09/05/2026
🕊️ 9-may — Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin!
iDU universiteti nomidan Vatanimizni himoya qilish yo‘lida jonini fido qilgan, bugungi erkin hayotimiz uchun kurashgan barcha qahramonlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Ularning yorqin xotirasi oldida hurmat bilan ta’zim qilamiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin.
———-
🕊️ Happy May 9 — Day of Remembrance and Honor.
On behalf of iDU University, we express our deep gratitude to all the heroes who sacrificed their lives defending our Motherland and fought for the freedom we enjoy today. We bow in respectful tribute to their bright memory.
May our land remain peaceful and our skies clear.
09/04/2026
«Talaba bo‘la turib, marketplace’larda minglab dollar topyapman».
Zohir Zohidovich - 4-kurs, “Kiberxavfsizlik” yo‘nalishi talabasi.
Lekin asosiy daromadi mutaxassisligiga bog‘liq emas.
Zohir Uzum Market va Yandex’da savdo qiladi. Umumiy aylanmasi esa 120 000$ dan oshadi.
Zohirning aytishicha, universitet unga aynan shu ishi bo’ycha katta yordam bermadi, lekin eng muhim narsa - muhit, tanishlar va imkoniyat bergan.
U Qo‘qondan Toshkentga o‘qish uchun kelgan. O‘sha paytda Uzum faqat Toshkentda ishlardi. Agar ko‘chib kelmaganida, bu ishni boshlamasligi ham mumkin edi. O‘qib yurgan payti qo‘shimcha daromad izlab, marketplace’larga kirib kelgan.
U talaba bo‘lishiga qaramay, o‘z yo‘lini topib, yaxshi daromadga chiqa olishga yana bir misol bo’la oladi.
————
“I’m a student, but I make thousands of dollars on marketplaces.”
Zohir Zohidovich is a 4th-year Cybersecurity student.
But his main income has nothing to do with his major.
He sells on Uzum Market and Yandex Market. His total turnover has already passed $120,000.
According to Zohir, the university didn’t directly help him with this business. But it gave him something more important - environment, connections, and opportunities.
He moved from Kokand to Tashkent to study. At that time, Uzum worked only in Tashkent. If he hadn’t moved, he might have never started this business.
While studying, he was looking for extra income and entered marketplaces. That decision changed everything.
Even as a student, he found his own path and reached a strong income. Another example that your major doesn’t always define your future.
21/03/2026
Navro‘z muborak! 🌿
Yangi kun, yangi fasl va yangi imkoniyatlar olib kelgan Navro‘z bayrami bilan sizni tabriklaymiz.
Universitetimiz siz uchun nafaqat ta’lim maskani, balki o‘sish, rivojlanish va yangi imkoniyatlar maydoni bo‘lib qolishda davom etadi ✨
___
Happy Navruz! 🌿
We would like to congratulate you on this special holiday of new beginnings, a new season, and new opportunities.
Our university is not just a place to study, but a place where you can grow, develop, and discover new opportunities ✨
08/03/2026
Happy International Women’s Day to all the wonderful ladies!💐
We wish you to always remain as beautiful and unique as you are. May your every day be filled with joy and bright, happy smiles.
——-
Barcha qizlar va ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz! 💐
Sizga doimo shunday go‘zal va betakror bo‘lib qolishingizni tilaymiz. Har bir kuningiz quvonchga va yorqin tabassumga to‘la bo’lsin.
27/02/2026
Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tkazilgan ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’lim hamda innovatsion rivojlanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Belgilangan vazifalardan kelib chiqib, International Digital University ta’lim jarayoniga zamonaviy metodika va raqamli yondashuvlarni keng joriy etish, talabalar startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni yanada kuchaytiradi.
Yoshlarning raqobatbardosh, tashabbuskor va mas’uliyatli kadrlar bo‘lib shakllanishi — universitetimizning ustuvor vazifasidir.
Hurmat bilan,
Ibrohim Xurramov
13/02/2026
Talabalar bilan kichik fotosessiya 📸✨
———
A small photoshoot with our students 📸✨
07/02/2026
👩💻 1900+ successful students and over 8 years of IT industry experience meet Muslimakhon Kabirjonova.
Java Developer, Professional Mentor, and Program Manager (Dean) of the AI & Cybersecurity faculties.
Muslimakhon is not just a lecturer she is an active industry professional. She teaches Software Development modules for Cybersecurity and AI while working on real projects and constantly learning new technologies and libraries.
She has led teams, worked on international partnerships (including with the USA), completed freelance projects, and gained experience in IT companies. That’s why students don’t just learn theory they understand how the IT industry works in real life.
Every month, she reviews updated interview questions, joins workshops and courses with one goal: preparing students for real market requirements.
💡 Her philosophy is simple: IT is lifelong learning. It’s important to choose a field you truly enjoy, not just one with a high salary.
At IDU, students learn from mentors who stay in the industry not just for a diploma, but for a real career.