PDP University

PDP University

Share

🏢 University specialized on IT education

☎️ 78-777-77-47

12/05/2026

🔖 PDP University ijtimoiy grantlari — kelajagingiz uchun katta imkoniyat!

🚀 Sizda iqtidor va IT’ga qiziqish bor, lekin moddiy imkoniyat to‘siq bo‘lyaptimi? PDP University 2026/2027-o‘quv yili uchun ijtimoiy grant dasturiga qabul boshladi!

🎓 Grant asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar kontrakt to‘lovining 50% dan 100% gacha qismini qoplash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari, grant foizidan qat’i nazar barcha talabalar bepul yotoqxona va kuniga 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi.

📚 Yo‘nalishlar:
- Dasturlash asoslari
- Sun’iy intellekt (AI)
- Biznes analitika
- Data analitika

Dastur ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari va IT sohasida yuqori salohiyatga ega iqtidorli yoshlar uchun mo‘ljallangan.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi profil shapkasida.

🏫 PDP University - iqtidorni imkoniyat bilan birlashtirgan universitet.

09/05/2026

Xotira va qadrlash kuni

Bugun yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etamiz.

Ularning jasorati, matonati va Vatan oldidagi xizmatlari doimo qalbimizda yashaydi.

09/05/2026

9-may — Xotira va qadrlash kuni

Bugun yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etamiz.

Ularning jasorati, matonati va Vatan oldidagi xizmatlari doimo qalbimizda yashaydi.

Photos from PDP University's post 07/05/2026

O‘tgan oyda ishga kirgan talabalarimiz ⚡️

🧑‍💻 O‘tgan oy davomida PDP University’ning 2–3-kurs talabalari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish faoliyatini boshladilar.

🎉 Talabalarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

👇 Ham ishlab ham o'qishni istasangiz, izohda "+" qoldiring.

10/04/2026

🎓 Talaba bo‘lish endi yanada oson!

Uydan chiqmasdan turib PDP University’ga kirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang 🚀

📝 Qabul oldi sinov imtihonida qatnashing va o‘z bilim darajangizni sinab ko‘ring.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi profil biosi’da.

Photos from PDP University's post 07/04/2026

🌸 Navro‘z sayli — 2026 looks.

PDP University’da o‘tkazilgan Navro‘z sayli talabalarning milliy va rang-barang liboslari bilan yanada yorqin tus oldi. Ishtirokchilar orasida o‘ziga xos uslubda, milliy qadriyatlarni aks ettirgan kiyimlar alohida e’tiborni tortdi.

Photos from PDP University's post 05/03/2026

🏆 PDP University talabalari yana bir xalqaro yutuqqa erishdi!

Talabalarimiz Amazon Web Services tomonidan tashkil etilgan AWS GameDay – Frugality Festival musobaqasida ishtirok etib, kuchli jamoaviy ishlash, tezkor qaror qabul qilish va real cloud muammolarni hal qilish orqali 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi 🥇

Bu yutuq — talabalarimizning bilim, mehnat va qat’iyatining yana bir yorqin natijasidir. Biz ular bilan faxrlanamiz! 🚀

Photos from PDP University's post 20/02/2026

PDP Unversity bilan yangi imkoniyatlar!

Kuni kecha Student Exchange dasturi doirasida Qozog‘istonning nufuzli Nazarboyev universitetida bir semestr davomida tahsil olgan talabalarimiz universitet rahbariyati bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, quyidagi yo‘nalishlarda taqdimot o‘tkazdilar:

🔹 Innovatsion boshqaruv: Ta’lim jarayonini tashkil etishdagi zamonaviy usullar;
🔹 Talabalar hayoti: Universitetdagi ijtimoiy muhit va faollik;
🔹 Raqamlashtirish: Ta’limni avtomatlashtirish bo‘yicha yangi takliflar.

Ushbu xalqaro tajriba oliygohimizda ta’lim sifatini yanada oshirish va xalqaro standartlarni joriy etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. 🚀

19/02/2026

🌙 Ramazon oyining muborak boshlanishi bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz!

🤲 Bu oy mehr-muruvvat va saxovat oyidir. Ushbu oyda qiladigan ezgu amallaringiz, duolaringiz qabul bo‘lsin va qalbingizga yorug‘lik, ruhingizga tinchlik kirib kelsin.

✨PDP EcoSystem nomidan barchangizga sog‘lik, baxt va barakali Ramazon tilaymiz!

06/02/2026

⚡️PDP University talabasi Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo’ldi!

Universitetimizning “Axborot va raqamli texnologiyalar” fakulteti 3-bosqich talabasi Salimbay Yelimuratov Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo’ldi.

Salimbay Yelimuratovni yutug’i bilan tabriklaymiz va ilmiy hamda professional faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Address


Улица Янги Сергели, 12/1
Tashkent
100000

Opening Hours

Monday 00:00 - 23:59
Tuesday 00:00 - 23:59
Wednesday 00:00 - 23:59
Thursday 00:00 - 23:59
Friday 00:00 - 23:59
Saturday 00:00 - 23:59