09/06/2026
📣 XABARLAR
🇺🇿 O'zbekiston Nodavlat ta'lim muassasalari Assotsiatsiyasi Rahbariyati bilan Koreyaning Dayjen Universiteti Rahbariyati o'rtasida kelgusida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan muzokaralar bo'lib o'tdi.
Muzokaralar so'ngida Dayjen Universiteti Rahbariyati Assotsiatsiya Rahbariyatini Koreyaga taklif qildi.
05/06/2026
📣 XABARLAR
🇺🇿 O‘zbekiston Nodavlat ta’lim muassasalari Assotsiatsiyasi tomonidan Jizzax viloyati kesimida faoliyat olib borayotgan har bir tuman va shahardagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari o‘rtasida “Eng yaxshi MMTB bo‘limi” nominatsiyasi bo‘yicha g'oliblar munosib taqdirlandilar.
✅ Yakuniy ovoz berish natijalariga ko‘ra quyidagi tumanlarning Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari g‘olib deb topildi:
1-o‘rin – Sharof Rashidov tumani
(3 ta noutbook);
2-o‘rin – G'allaorol tumani
(2 ta noutbook);
3-o‘rin – Zarbdor tumani
(1 ta noutbook).
🤝 Assotsiatsiya Raisi Dr. Nuriymon Abulhasan tomonidan Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Rahbariyatiga Assotsiatsiyaning esdalik sovg'lari va go'lib bo'lgan tumanlar bo‘limlari Rahbarlariga noutbooklar taqdim etildi.
🏛 Bosh homiy: Buxoro innovatsiyalar Universiteti
www.ntma.uz
04/06/2026
📣 XABARLAR
🇺🇿 O‘zbekiston Nodavlat ta’lim muassasalari Assotsiatsiyasi tomonidan Sirdaryo viloyati kesimida faoliyat olib borayotgan har bir tuman va shahardagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari o‘rtasida “Eng yaxshi MMTB bo‘limi” nominatsiyasi bo‘yicha g'oliblar munosib taqdirlandilar.
✅ Yakuniy ovoz berish natijalariga ko‘ra quyidagi tumanlarning Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari g‘olib deb topildi:
1-o‘rin – Boyovut tumani
(3 ta noutbook);
2-o‘rin – Xovos tumani
(2 ta noutbook);
3-o‘rin – Oqoltin tumani
(1 ta noutbook).
🤝 Ushbu tumanlarning Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari Rahbarlariga Assotsiatsiya Raisi Dr. Nuriymon Abulhasan va Buxoro Innovatsiyalar Universiteti Rektori Prof. Dilnoz Ruziyeva tomonidan noutbooklar taqdim etildi.
🏛 Bosh homiy: Buxoro Innovatsiyalar Universiteti
www.ntma.uz
26/05/2026
🏢 Hurmatli maktab bitiruvchilari!
🖌 Sizlarni hayotingizdagi eng muhim va unutilmas bosqich – maktabni muvaffaqiyatli tamomlaganingiz bilan samimiy muborakbod etaman.
Bugun sizlar nafaqat bilim maskanini yakunlab, balki katta hayot yo‘liga qadam qo‘ymoqdasiz. Yillar davomida orttirgan bilim, tajriba va tarbiya sizlarning kelajakdagi muvaffaqiyatlaringiz uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Ishonchim komilki, sizlar ana shunday fazilatlarga ega bo‘lgan yoshlar sifatida yurtimiz ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shasiz.
Oldingizda turgan oliy ta’lim, kasb tanlash va hayot yo‘lini belgilash jarayonida to‘g‘ri qarorlar qabul qilishingizni tilayman. Har biringiz o‘z orzu-intilishlaringiz sari dadil intilib, ulkan yutuqlarga erishishingizga ishonaman.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, yorqin kelajak va ulkan zafarlar tilayman!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Nodavlat ta’lim muassasalari Assotsiatsiyasi Raisi Dr. Nuriymon Abulhasan
www.ntma.uz
22/05/2026
📣 XABARLAR
🇺🇿 Ibn Sino jamoat fondi va O'zbekiston Nodavlat ta'lim muassasalari Assotsitsiyasi o'rtasida kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida o'zaro kelishuv memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumning asosiy maqsadi - mamalakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat Universitetlardagi tibbiyot yo'nalishlari talabalari va tibbiyot texnikumlari o'quvchilari o'rtasida Ibn Sino tomonidan qoldirilgan boy ilmiy merosini o'rganish hisoblanadi.
www.ntma.uz
22/05/2026
📣 XABARLAR
🇺🇿 Ibn Sino jamoat fondi va Toshkent farmatsevtika instituti hamkorligida "Abu Ali ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar" mavzusida IX xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
🏛 Anjumanda, O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent farmatsevtika instituti, Ibn Sino jamoat fondi va O'zbekiston Nodavlat ta'lim muassasalari Assotsitsiyasi Rahbariyati hamda Germaniya, Turkiya, Xitoy, Koreya, Eron, Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Pokiston, Ozarbayjon, Ukraina, Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'iziston davlatlaridan xorijiy soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
www.ntma.uz
19/05/2026
📣 XABARLAR
🇹🇷🇲🇾 O'zbekiston Nodavlat ta'lim muassasalari Assotsiatsiyasi Rahbariyati Turkiya va Malayziya Universitetlari ishtirokida Toshkent shahrida bo'lib o'tgan "EDUX Xalqaro ta'lim ko‘rgazmasi"ga tashrif buyurdi.
19/05/2026
📣 XABARLAR
🇺🇿 O'zbekiston Nodavlat ta’lim muassasalari Assotsiatsiyasi Raisi Dr. Nuriymon Abulhasan ishtirokida Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida "“Globallashuvning xalqaro munosabatlarga ta’siri” mavzusida talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv yakunida Nuriymon Abulhasan va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Savol-javoblar davomida ma’ruzachi tomonidan tinglovchilarni qiziqtirgan masalalarga batafsil va asosli javoblar berildi.
18/05/2026
🇺🇿 Jahongir Beknazarov O‘zbekiston Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasida Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
✅ Jahongir Beknazarov ushbu lavozimga qadar Koreya Akademiyasida Koreys tili o‘qituvchisi, "KPM" kompaniyasida bosh loyiha menejeri, "Hancom" kompaniyasida bosh loyiha menejeri hamda ayni kunlarda "ERMAK" Uzbekistan Koreya vakolatxonasi rahbari va "UBION" Co., Ltd. (Koreya) kompaniyasida loyiha koordinatori lavozimida ham ish olib bormoqda.
www.ntma.uz