Uzbekistan State World Languages University

Uzbekistan State World Languages University

Share

The Uzbekistan State University of World Languages was organized by the decree of the President of the Republic of Uzbekistan (№ 401, May 12, 1992).

Photos from Uzbekistan State World Languages University's post 21/06/2026

London Post tahririyati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

19-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Angliyaning London Post tahririyati jurnalisti Raza Syed hamda “O‘zbekkosmos” agentligi Marketing va PR bo‘limi boshlig‘i Akmal Nazarov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet rektori I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani A. Metyakubov hamda rektorning axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi O. Ibragimov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zDJTU va London Post tahririyati o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, talabalar uchun tahririyatda onlayn va oflayn amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning ilmiy va publitsistik maqolalarini muntazam chop etish, xorijlik mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari va seminarlar tashkil etish, shuningdek, jurnalistika, media va kommunikatsiyalar yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, xalqaro investitsiya forumi yakunlari hamda universitet rektorining London Post nashriga bergan intervyusi yuzasidan ham muhokamalar o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish va belgilangan yo‘nalishlarda amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Photos from Uzbekistan State World Languages University's post 21/06/2026

PhD dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi

2026-yil 19-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi majlisida Mirsagatova Dilorom Ubaydullayevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o‘zbek tillarida temir yo‘l sohasiga oid terminlarning tarjima xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi.

Himoya jarayonida tadqiqot ishining mazmun-mohiyati, ilmiy yangiligi, terminologiya va tarjimashunoslik sohalariga qo‘shadigan ilmiy hissasi yuzasidan keng muhokamalar olib borildi. Ilmiy kengash a’zolari va rasmiy opponentlar tomonidan dissertatsiyaga berilgan xulosalar tinglanib, tadqiqot ishi ijobiy baholandi.

Majlis yakunida Mirsagatova Dilorom Ubaydullayevna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Photos from Uzbekistan State World Languages University's post 21/06/2026

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 19-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy kengash majlisida Anarkulova Zubayda Fayzullo qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Yevropa va o‘zbek nasrida Zahiriddin Muhammad Bobur obrazining poetik talqini (F. Vyurtle, R. Godden, P. Qodirov, X. Sultonov asarlari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoya Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va soha mutaxassislari ishtirokida oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi. Muhokamalar davomida dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi, dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tadbir yakunida dissertatsiya belgilangan tartibda muvaffaqiyatli himoya qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

21/06/2026

O‘zbekiston–Ispaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasining ishtiroki, uchrashuvlar hamda xalqaro hamkorlik yo‘lidagi muhim voqealarni aks ettiruvchi videorolik O‘zDJTU Axborot xizmati tomonidan tayyorlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Photos from Uzbekistan State World Languages University's post 21/06/2026

“Ezgulik” gazetasida O‘zDJTU professori ishtirokidagi ma’rifiy uchrashuv haqida maqola e’lon qilindi

2026-yil 12-iyun kuni “Ezgulik” adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy va ommabop gazetasining 22-sonida “Kitob va ilmga oshno qalblar uchrashuvi” sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Unda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 20-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan ma’rifiy uchrashuv tafsilotlari yoritilgan. Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Dilrabo Keldiyorovna Baxronova hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Zulfiya Mo‘minova ishtirok etib, kitobxonlik madaniyati, ilm-fan, xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy ta’lim va yoshlarning ma’naviy kamoloti mavzularida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Maqolada professor Dilrabo Baxronovaning maktab kutubxonasiga 120 dan ortiq badiiy, ilmiy va ma’rifiy kitoblarni hadya qilgani, tadbir davomida o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan samimiy muloqot hamda savol-javoblar, shuningdek, yoshlarni kitobxonlik va ilm-fanga keng jalb etishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil so‘z yuritilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Photos from Uzbekistan State World Languages University's post 21/06/2026

PAYSHANBA – YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN VOLONTYORLIK TADBIRI O‘TKAZILDI

Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ishtirokida 25-sonli shifoxona hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Volontyorlik tadbiri davomida talabalar hududni tartibga keltirish, yashil maydonlarni parvarishlash, daraxt va gul ko‘chatlarini sug‘orish hamda atrof-muhit tozaligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlarda faol ishtirok etdilar.

Mazkur tashabbus yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda obod va yashil muhitni yaratishga munosib hissa qo‘shish maqsadida tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Photos from Uzbekistan State World Languages University's post 21/06/2026

Ilmiy seminar yig‘ilishida dissertatsiya ishi muhokama qilindi

18-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Murtazaeva Aisafar Bazarkulovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Menejment yo‘nalishi talabalarining chet tilida kasbiy muloqot madaniyatini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama jarayonida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Seminar ishtirokchilari tomonidan dissertatsiya mazmuni atroflicha tahlil qilinib, tegishli tavsiya va takliflar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida dissertatsiya ishi belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ilmiy seminar xulosasi qabul qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Photos from Uzbekistan State World Languages University's post 21/06/2026

Dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

18-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Buriyeva Xumoraxon O‘lmasboy qizining 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “O‘rta ta’lim o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari (o‘quv markazlari misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama davomida dissertatsiya ishi yuzasidan ilmiy fikr va mulohazalar bildirildi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda erishilgan natijalari atroflicha muhokama qilindi.

Ilmiy seminar yakunida dissertatsiya ishi belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli tavsiya va xulosalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Photos from Uzbekistan State World Languages University's post 21/06/2026

Tarjimonlik fakultetida Yakuniy Davlat Attestatsiyasi imtihonlari tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti (italyan tili) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari uchun Yakuniy Davlat Attestatsiyasi imtihonlari belgilangan tartibda tashkil etildi.

Attestatsiya jarayonini O‘quv-uslubiy ishlar boshqarmasi vakillari, fakultet dekani U. Yo‘ldoshev hamda Yakuniy Davlat Attestatsiyasi raisi M. Madraximova ochib berib, bitiruvchilarga muvaffaqiyat tilashdi.

Imtihonlarning shaffof va xolis o‘tkazilishini ta’minlashda Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri B. Ergashova hamda kafedraning professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.

Yakuniy Davlat Attestatsiyasi amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida, ochiqlik, shaffoflik va adolatlilik tamoyillariga muvofiq tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Photos from Uzbekistan State World Languages University's post 21/06/2026

O‘zDJTUda Amerika Xalqaro Ta’lim Kengashi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Amerika Xalqaro Ta’lim Kengashining Oliy ta’lim dasturlari bo‘limi rahbari Grehem Xettinger hamda tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dinara Seitnazarova tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yo‘ldashev hamda bo‘lim yetakchi mutaxassisi K. Alimova kutib oldi.

Uchrashuv davomida Amerika Xalqaro Ta’lim Kengashi faoliyati, uning xalqaro ta’lim, akademik almashinuv, til o‘rganish, ta’lim sohasidagi tadqiqotlar va kasbiy rivojlanish yo‘nalishlarida amalga oshirayotgan loyihalari haqida fikr almashildi.

Kengash quyidagi keng qamrovli ta’lim dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi:

• akademik almashinuv dasturlari;
• xorijda tahsil olish imkoniyatlari;
• xorijiy tillarni o‘qitish va til muhitiga moslashtiruvchi (immersion) dasturlar;
• o‘qituvchilar va professor-o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish tashabbuslari;
• kasbiy tayyorgarlik va liderlik dasturlari;
• ta’lim sohasidagi tadqiqotlar va baholash ishlari;
• xalqaro stipendiya dasturlari;
• universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish loyihalari.

Uchrashuv chog‘ida Grehem Xettinger talabalar almashinuvi dasturlari, xususan AQSH oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun turli mamlakatlarda til va madaniy-ma’rifiy dasturlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, shu kungacha asosan Rossiya, Tojikiston va boshqa davlatlardagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tegishli dasturlar yo‘lga qo‘yilgan.

Tashrifning asosiy maqsadi AQSHlik talabalarning yozgi ta’til davrida O‘zDJTUda qisqa muddatli o‘zbek va rus tili hamda madaniyati kurslarida ishtirok etish imkoniyatlarini o‘rganish, shuningdek, 1–2 nafar talabaning bir semestr davomida universitetda o‘zbek tilini o‘rganishi uchun zarur shart-sharoitlar bilan tanishishdan iborat bo‘ldi.

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov universitet mazkur yo‘nalishda katta tajribaga ega ekanligini ta’kidlab, bugungi k***a Yevropa, Osiyo va AQSHning qator universitetlari, jumladan Arizona universiteti talabalari uchun til va madaniyat dasturlari muvaffaqiyatli tashkil etib kelinayotganini qayd etdi. Shuningdek, Amerika Xalqaro Ta’lim Kengashi bilan hamkorlikda tegishli dasturlarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Muloqot davomida tomonlar AQSH universitetlari o‘qituvchi va talabalari uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida Amerika Xalqaro Ta’lim Kengashi bilan talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, xorijiy talabalar uchun yangi ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va universitetning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, Amerika Xalqaro Ta’lim Kengashi (American Councils for International Education) xalqaro ta’lim, akademik almashinuv, til o‘rganish, ta’lim sohasidagi tadqiqotlar va kasbiy rivojlanish yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi AQSHning yetakchi nodavlat notijorat tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Tashkilot 1974-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi Vashington shahrida joylashgan.
50 yildan ortiq vaqt davomida Kengash ta’lim va xalqaro hamkorlik orqali xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Address


University Address: 21a, Block G-9a, S. Yusupov Street
Tashkent
100138

Opening Hours

Monday 09:00 - 06:00
Tuesday 09:00 - 06:00
Wednesday 09:00 - 06:00
Thursday 09:00 - 06:00
Friday 09:00 - 06:00
Saturday 09:00 - 03:00